"Barselona" keyingi turda La Liga talablariga javob bermaydigan stadionda o‘ynashi mumkin
"Barselona" La Liganing navbatdagi o‘yinini "Valensiya"ga qarshi Yoxan Kroyf stadionida o‘tkazishi mumkin. Mazkur arena Ispaniya oliy divizionining minimal talablariga sig‘imi bo‘yicha javob bermaydi - u atigi 6000 tomoshabinni sig‘dira oladi. Qoida bo‘yicha esa minimal miqdor 8000 ta etib belgilangan.
"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, La Liga bunday sharoitda bitta uchrashuvni o‘tkazishga ruxsat bergan. Kataloniyaliklarda faqat bir nechta muammolarni hal qilish qolgan. Masalan, barcha zarur VAR kameralarini o‘rnatish.
"Barselona"ning "Valensiya" bilan o‘yini 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uch turdan so‘ng Xans-Diter Flik jamoasi hisobida etti ochko mavjud.



Fikrlar