«Barselona» klubi rahbarlari Kuman o‘rniga Angliyaning top klubidan murabbiy olib kelmoqchi
«Liverpul» klubiini boshqarayotgan Yurgen Klopp «Barselona» bosh murabbiyiligiga nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu haqda «Sport Ekspress» nashri xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, nemis mutaxassisi «ko‘k-anorranglilar» ustozi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Avvalroq, Ronald Kuman La Liga doirasidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi o‘yingacha iste’foga chiqarilmasligi yozilgandi. Ushbu uchrashuv 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Klopp «Liverpul»ni 2015 yildan beri boshqarmoqda. Mutaxassis qo‘l ostida mersisaydliklar Angliya chempionligi, Evropa Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini, shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.



Fikrlar