"Barselona» Levandovskiga o‘rinbosar topdi
"Barselona" "Levante"ning hujumchisi Karl Eyong bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub uni 37 yoshli Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda, deb xabar beradi "Sport.es".
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Eyongning Ferran Torres bilan raqobatlasha olishiga ishonmoqda. Shuningdek, rahbariyat "Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvaresga ham qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, asosiy nomzod sifatida aynan 21 yoshli Karl ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda «Levante» forvardi La Liganing 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar