"Barselona", "Man Siti", PSJ va "Arsenal" "Inter" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi himoyachisi Milan Shkrinyar Evropaning bir qator kuchli jamoalari qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Fcinternews internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli slovakiyalik futbolchiga "Barselona", PSJ, "Manchester Siti" hamda "Arsenal" kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ushbu jamoalar mavsum yakunlangach “neradzurrilar”ga bu borada taklif bilan chiqishmoqchi.

Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi jamoalardan biri Shkrinyar uchun joriy qishki transferlar davrida 65 mln evro taklif qilgan. Lekin, “Inter” bunga rad javobini bergan. Milanliklar futbolchini 70 mln evrodan kamiga sotishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!