"Barselona" mehmonda "Granada"ga imkoniyat qoldirmadi
Ispaniya chempionati 18-turida "Barselona" "Granada" bilan bahs olib bordi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning 14-daqiqasida Antuan Grizmann darvozaning pastki qismini aniq nishonga oldi. Taym so‘nggida Lionel Messi raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. Ikkinchi taymda Antuan Grizmann uchrashuvdagi so‘nggi gol muallifi bo‘ldi. 79-daqiqada Xesus Valexo qo‘polligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.
Shu tariqa, "Barselona" 18 o‘yinda 34 ochko to‘plab 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Granada" esa 17 bahsdan so‘ng 24 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar