
"Barselona","Milan" va boshqa top klublar "Arsenal" hujumchisiga qiziqishmoqda
"Arsenal"ning 28 yoshli forvardi Gabriel Jezusga "Barselona", "Tottenxem", "Milan" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik futbolchini 36 yoshli hujumchi Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Shporlar" Son Xyon Min va Risharlisonning klubni tark etishi ehtimoli tufayli Jezusni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, hozircha ushbu jamoalardan hech biri rasmiy taklif bilan chiqmagan. Muzokaralar yanvar oyida xochsimon boylamlari uzilgan "Arsenal" futbolchisining sog‘lig‘iga oydinlik kiritilgandan so‘ng boshlanishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Jezus barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 32 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar