"Barselona" muammoli nuqtasini yopish yo‘lini topdi

  • 24 mart, 2024, 16:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Andreas Kristensen kelasi mavsumda ham "Barselona"ning tayanch yarim himoyachisi bo‘lib berishi mumkin. 

"Barselona" safida markaziy himoya pozitsiyasida o‘ynab kelayotgan daniyalik futbolchi joriy mavsum boshqa ijrochilarga raqobatda yutqazyapti. 

Shunday bo‘lsa-da, Serxio Buskets o‘rniga olib kelingan Oriol Romeuning beqarorligi klubning ushbu zonasida muammolarga sabab bo‘ldi. Ayrim muvaffaqiyatsiz bellashuvlardan so‘ng Xavi mazkur pozitsiyada daniyalik fulbekni o‘ynata boshladi. 

"Barsa"ning moliyaviy ahvoli og‘ir ekanligini inobatga olib, 27 yoshli futbolchi keyingi mavsumni ham yarim himoyada o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Rahbariyat bu pozitsiyani kuchaytirish uchun qancha pul ajratishi hali aniq emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!