
"Barselona" muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Barselona" Rafinya bilan tuzilgan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, futbolchining yangililangan bitimi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Avvalroq, kataloniyaliklar jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik bilan ham 2027 yilgacha hamkorlik qilishi borasida kelishib olgan edi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" futbolchini 2022 yili "Lids"dan 58 million evro evaziga sotib olgan edi. Hujumchi joriy mavsumda La Liganing 35 ta bahsida maydonga tushib, raqib darvozasiga 18 ta gol urdi va sheriklariga 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar