"Barselona" Ndombele evaziga "Tottenxem"ga Koutino va Semeduni bermoqchi

  • 25 iyun, 2020, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele uchun kurashni davom ettirmoqda.

Tecno

Independent nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar Ndombele evaziga o‘zlarining ikki nafar futbolchisi – Nelson Semedu va Filippe Koutinoni berishga tayyor. Qolaversa, 23 yoshli futbolchining o‘zi ham “shporlar” safidan ketishga tayyor. Uning bosh murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari yaxshi emasligi aytilmoqda.

Ndombele “Tottenxem” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!