"Barselona" Neymar evaziga PSJga 2 ta yulduz futbolchisini berib yubormoqchi
"Barselona" klubi PSJga Antuan Grizmann va Usmon Dembele evaziga Neymarni almashtirishni so‘ramoqda. Bu haqda Ecuagol nashri xabar tarqatdi.
Kataloniyaliklar jamoa o‘yiniga kirishib keta olmayotgan ushbu ikki futbolchini Parijga yuborib, sobiq yulduzini ortga qaytarmoqchi.
28 yoshli Grizmann joriy mavsum “Barselona”da 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 22 yoshli Dembele esa 9 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.
Neymar esa PSJda 21 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar