«Barselona» oʻyinchisi oʻz raqamini Rodrigaga berishini aytdi

  • 18.08.2026 12:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yangi transferi Rodri Ernandesga uning sevimli raqamini qoldirishga qaror qildi. Kataloniya klubining yaqin soatlarda e’lon qilinishi kutilgan yulduz yarimhimoyachisi jamoada 16-raqam ostida maydonga tushadi. Ushbu raqam avvalroq Fermin Lopesga tegishli edi. Bu haqida «blaugrana»ning 23 yoshli futbolchisi intervyusida ma’lum qildi.

 

«Rodri – juda kuchli futbolchi. U jahon chempioni, «Oltin to‘p» sohibi. Biz Ispaniya terma jamoasida birga o‘ynaganmiz va men uni dunyodagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachi deb hisoblayman.

Men har doim yettinchi raqamni yaxshi ko‘rgandim. U bo‘sh ekanini bilganimda, shu raqamni tanladim. «Barsa» tarixida ko‘plab buyuk futbolchilar aynan yettinchi raqam ostida o‘ynashgan. Albatta, 16-raqam bilan xayrlashish biroz g‘amgin bo‘ldi, chunki u men uchun juda qadrl edi. Lekin ishonamanki, endi u yaxshi qo‘llarda bo‘ladi», – deya Ferminning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Rodrini «Barselona»ga sotish orqali bonuslar bilan birga jami 76,5 million yevro atrofida daromad qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!