“Barselona” oladigan yana bir yulduz nomi ma’lum bo‘ldi

  • 3 iyun, 2021, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” yangi transferlar bo‘yicha boshqa jamoalarni ortda qoldirmoqda. Kataloniyaliklar erkin agent sifatida hujumchi Serixo Aguero, himoyachilar Erik Garsiya va Emerson Aparesidoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniyaga keladigan to‘rtinchi futbolchi “Lion” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Memfis Depay bo‘ladi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy pallaga keldi.

Hozircha, Depay 2023 yoki 2024 yilning yoziga shartnoma imzolashi haqida bosh qotirmoqda. Biroq, bu transfer Ronald Kumanning “Barselona”dagi kelajagiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis ishini davom ettiradigan bo‘lsa, beshinchi transfer sifatida uning hamyurti Jorjino Veynaldum ham erkin agent sifatida “Barsa”ga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!