"Barselona" o‘z safiga "Real Sosedad" himoyachisini qo‘shib olmoqchi

  • 3 avgust, 2017, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Real Sosedad” himoyachisi Inigo Martinesni qo‘shib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli futbolchi uchun 32 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Martinesning amaldagi jamoasi bilan 2021 yilga qadar shartnomasi bo‘lganiga qaramay, u joriy yozgi transferlar davridayoq “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Martines o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida jami 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tish lozimki, Martines “Real Sosedad” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2009 yil o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!