"Barselona" o‘z skautlarini "Bayer" - "Atletiko" uchrashuviga yuboradi
"Barselona" klubi hamon "Bayer" yarim himoyachisi Kayu Xavertsni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati ertaga EChL guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan “Bayer” va “Atletiko” uchrashuviga o‘z skautlarini yuborishadi. Ular esa o‘z navbatida 20 yoshli germaniyalik futbolchining harakatlarini kuzatishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xavertsga "Real", "Bavariya" va "Liverpul" kabi jamoalardan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xaverts “Bayer” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar