"Barselona" prezidenti: "Yakshanba kuni biz “Real”ni mag‘lub etamiz"

  • 25.10.2025 13:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta bo‘lajak "El-Klasiko" oldidan jamoasining g‘alabasiga katta ishonch bildirdi.

"Yakshanba kuni biz “Real”ni mag‘lub etamiz, men bunga ishonaman. Men o‘yinchilar bilan birga tushlik qildim. Ular g‘alaba qozonish uchun etarlicha motivatsiyaga ega va barcha diqqat-e’tiborini shu o‘yinga qaratgan. Futbolchilarimiz bizga katta xursandchilik ulashadi, xuddi o‘tgan mavsumdagidek", — dedi Laporta.

Ma’lumot uchun, mazkur ikki klub o‘rtasidagi to‘qnashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi. Hozirgi paytda La Liganing 9-turidan so‘ng madridliklar 24 ochko jamg‘argan holda peshqadam hisoblanadi. Hansi Flik shogirdlari esa "Real Madrid" dan 2 ochko kam to‘plab, 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!