"Barselona" prezidentligiga nomzod faqat bir shart bilan Messini jamoada olib qolishga va’da berdi

  • 2 mart, 2021, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta jamoa sardori Lionel Messining klubdagi taqdiri bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz klubdagi vaziyatdan kelib chiqib, Messiga taklif bilan chiqmoqchimiz. To‘g‘ri, biz moliyaviy jihatdan boshqa klublar bilan raqobatlasha olmasligimiz mumkin, ammo Leo uchun pul muhim emas. Men prezident bo‘lmasam, Messi “Barselona”dan ketadi. Men bunga aminman”, - dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli argentinalik yulduzning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. “Barselona”da prezidentlik saylovi joriy yilning 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!