
"Barselona" Pyanich uchun "Yuventus"ga 2ta futbolchisini berishga tayyor
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni sotib olish bo‘yicha harakatlarni hamon davom ettirmoqda.
Ispan nashrlarining yozishicha kataloniyaliklar 28 yoshli bosniyalik futbolchi uchun 50 million evrodan voz kechishga va shuningdek ushbu transferga himoyachi Lyuk Din hamda yarim himoyachi Andre Gomeshlarni qo‘shishga ham tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pyanichning o‘zi ham “Yuventus” rahbariyatiga o‘zini “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘rab murojaat qilgani haqila xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar