“Barselona” qaysar futbolchiga og‘ir shart qo‘ydi

  • 18.08.2021 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati klubni tark etishni cho‘zib yurgan frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtitiga ultimatum qo‘ydi.

Unga ko‘ra, futbolchi bir hafta ichida o‘ziga yangi jamoa topmaydigan bo‘lsa, klub amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qiladi. Umtiti o‘zining talablarini bajaradigan klublar taklifini ham inobatga olmayapti. Uning asosiy maqsadi shartnomasi yakunlangunga qadar  Kataloniyada qolish.

27 yoshli futbolchi “Barsa” mutasaddilaridan chempionlik uchun kurashadigan va Evrokuboklarda muntazam ishtirok etadigan jamoa topishni talab qilgandi. Umtitiga xuddi shu talablarga to‘g‘ri keladigan “Benfika” xaridor bo‘ldi.

Qaysar futbolchi ularning chorlovini ham rad etdi. Endi “Barsa” o‘ynamay katta maosh olayotgan himoyachini ketishga majbur qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!