
"Barselona" rahbariyati Setenning kelajagi masalasida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenni iste’foga chiqarishga shoshilmayapti.
RAC1 nashri ma’lumotiga ko‘ra, amaldor yakshanba oqshomida "Barselona" yuqori boshqaruv vakillari Erik Abidal, Oskar Grau, Xaver Bordas va Kike Seten ishtirokida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan.
Ta’kidlanishicha, Bartomeu suhbat chog‘ida Setenni qo‘llab-quvvatlab, u bilan klubdagi ichki mojarolarni muhokama qilgan. Yakunda tomonlar yaxshi kayfiyat bilan yig‘ilishni tark etgan.
Manba Bartomeuning bu qaroriga bir yildan keyin bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi sabab bo‘lganligini xabar qilmoqda.
Oldinroq, Seten "Barselona"ni tark etishi va mavsum so‘nggigacha jamoa boshqaruviga klub akademiyasi bosh murabbiyi Xaver Garsiya kelishi xabar qilingan edi.
Fikrlar