"Barselona" rahbarlari "Real" ko‘zlagan futbolchini olib qo‘ymoqchi

  • 1 yanvar, 2017, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga da’vogar bo‘lgan jamoalar orasiga "Barselona" ham qo‘shildi.
 
Avvalroq, "Barselona"ning ashaddiy raqibi "Real" ham Paulo Dibalaga qiziqish bildirgani bois 23 yoshli argentinalik hujumchi "Yuventus" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni taxtatgan edi. Dibala Turin klubi bilan kelishuvni 2021 yilgacha uzaytirgan taqdirda ham yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tish huquqini saqlab qoladi.
 
Mana endi "Barselona" ham Lionel Messining yoniga uning terma jamoadogi sherigi Paulo Dibalani olib kelmoqchi. Hozir Paulo Dibala noqulay ahvolga tushib qoldi. O‘zi "Real"da o‘ynash istagini bildirgan edi, endi esa Lionel Messi bilan bir klubda o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi. Superhujumchi ikki jamoadan birini tanlashi kerak.
 
 
Paulo Dibala joriy mavsumda "Yuventus" tarkibida Italiya chempionati va Evropa chempionlar ligasida 14 marotaba maydonga tushdi va to‘rtta gol urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!