«Barselona» rasmiy saytida Robert Levandovskini klub afsonalari safiga qo‘shdi
«Barselona» o‘zining rasmiy saytidagi klub afsonalari bo‘limiga sobiq hujumchisi, hozirda MLSda «Chikago Fayr» sharafini himoya qilayotgan Robert Levandovskini ham qo‘shdi.
Shu tariqa, Levandovski kataloniyaliklar tarixida chuqur iz qoldirgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu bo‘limda shuningdek Lionel Messi, Xosep Gvardiola, Diego Maradona, Yoxan Kruiff kabi «Barselona» va jahon futbolida nom qoldirgan boshqa yulduzlar ham joy olgan.
Levandovski «Barselona» tarkibida 2022 yil yozidan boshlab to‘p surgan. U jamoa safida barcha musobaqalar doirasida jami 193 o‘yin o‘tkazib, 120 ta gol urgan va 24 marta golli uzatma amalga oshirgan. Kataloniya klubi bilan birga polyak hujumchi uch bor Ispaniya chempioni bo‘lgan, mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan va uch marta milliy Superkubokni yutib olgan.

Fikrlar