
"Barselona" "Real" darvozasini tor-mor etgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Barselona" 22 yoshli forvard Pau Viktor bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Klub va futbolchi o‘rtasidagi bitim 2029 yilgacha mo‘ljallangani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Viktor "Jirona"dan kelib, "Barsa"ning ikkinchi jamoasi tarkibida ijara asosida o‘ynagan edi. Ispaniyalik hujumchi 3-divizionda 39 o‘yinda maydonga tushib 20 ta gol urdi.
Fikrlar