"Barselona" Reshford bilan xayrlashishi mumkin

  • 6 noyabr, 19:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markus Reshfordning kelajagi muhokama mavzusi bo‘lib qolmoqda. Fichajes portali sahifalarida 28 yoshli forvardning masalasi yuzasidan xabar tarqaldi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Barselona" hozirda Reshfordni 29 million evroga sotib ololmaydi. Kataloniya klubi rahbarlari hozirda asosiy e’tiborni shartnomalarni uzaytirish va maoshlarni o‘zgartirishga qaratmoqda. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Markus "Manchester Yunayted"ga qaytishiga to‘g‘ri keladi.

Agar "Barselona" Reshfordni sotib olmasa, u holda "Manchester Yunayted" futbolchini boshqa klublarga sotishga tayyor bo‘ladi, ammo 29 emas 45 million evroga.

"Barselona" safida Markus Reshford 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va sheriklariga 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!