"Barselona" Roberto bilan shartnomani o‘zaytirishga yaqin

  • 2 fevral, 2023, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto keyingi mavsumda ham jamoada qoladi. "Sport" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Tecno

Robertoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati o‘z shogirdi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgandi, biroq yaqinda klubning bu boradagi pozitsiyasi o‘zgardi.

Eslatib o‘tamiz, Roberto joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 12 uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!