
"Barselona" Serji Robertoni MYuga sotishni istamadi
“Barselona” klubining universal yarim himoyachisi Serji Roberto yana bir ingliz klubining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Manchester Siti” va “Chelsi” klublaridan so‘ng “Manchester Yunayted” ham 25 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan.
Unga ko‘ra “qizil iblislar” Roberto uchun kataloniyaliklarga 40 mln evro taklif qilishgan, ammo darhol rad javobini olishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bundan avvalroq futbolchisini 35 mln evroga “Manchester Siti”ga sotishni istamagan edi.
Fikrlar