“Barselona” shu futbolchilarni olmasa bo‘lmaydi

  • 2 avgust, 2024, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bir necha yillardan beri moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani bois, transferlar bozorida o‘zlari istagan o‘yinchilarni olishi oson bo‘lmayapti. Biroq bu gal vaziyat ijobiy tomongan o‘zgarganini klub prezidenti Joan Laporta ham aytdi.

Tecno

Transfer bo‘yicha ekspertlar kataloniyaliklarga tarkibni uch futbolchi bilan kuchaytirishni maslahat beryapti.

Niko Uilyams

Ashaddiy raqib – “Real” Kilian Mbappeni qo‘lga kiritdi. Muxlislar “Barsa”dan javob yurishini kutyapti. Kataloniyaliklar Evropa chempionati qahramonlaridan hisoblangan Niko Uilyamsni nishonga oldi. Biroq bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. PSJ Uilyams va “Atletik”ni katta mablag‘ evaziga hamkorlikka chaqiryapti.

Daniel  Olmo

“Evro-2024” maydonlarida porlagan Daniel Olmoning ham xaridorlari ko‘payib ketdi. Kataloniyaliklar shoshilinch tarzda “Leyptsig”ga birinchi taklifni berib, darhol rad javobini ham eshitdi.

Biroq, Olmo o‘zini tarbiyalagan “Barselona”ga qaytmoqchi. Kataloniyaliklar bu futbolchi uchun Ilkay Gyundog‘andan voz kechishga tayyor.

Martin Subimendi

“Barselona” maydon markazini uzoq yillar davomida ushlab kelgan va 2023 yili jamoani tark etgan Serxio Busketsning o‘rnini to‘ldirishi shart. Bu pozitsiyaga Martin Subimendi juda mos tushishi aytilmoqda.

Aslida kataloniyaliklar “Real Sosedad” vakilini anchadan beri olishni rejalashtirib keladi. Biroq har qanday yaxshi o‘yinchining xaridor ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!