"Barselona" sobiq darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 27 avgust, 2024, 14:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona", "Manchester Siti" va Chili milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini yakunladi.

"Men professional futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Hayotimdagi juda muhim tsiklni yakunlash va muvaffaqiyatli bo‘ladigan yana bir bosqichni boshlash vaqti keldi", - dedi chililik posbon.

41 yoshli darvozabonning so‘nggi jamoasi "Betis" bo‘lib, u La-Liga klubi safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. Ungacha esa, "Kolo-Kolo", "Real Sosedad", "Barselona" va "Manchester Siti" klublarida to‘p tepgan.

Chili miliy terma jamoasi safida 150 ta o‘yin o‘tkazgan va ikki marta Kopa Amerika sovrinini qo‘lga kiritgan.

Bravo "Barselona" va  "Manchester Siti" bilan ikki martadan Ispaniya va Angliya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, futbolchi Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Angliya kubogi va Ispaniya Superkubogida zafar quchgan. Uch martadan Angliya Liga kubogi va Ispaniya kubogi sohibi bo‘lib, ikki marta Angliya Superkubogini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!