"Barselona" sport direktori: "Barsa" do‘stlar klubi emas. Bu erga kelgan odam ishlaydi va g‘alaba qozonishga harakat qiladi"

  • 22 iyun, 17:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sport direktori Deku "Atletik" vingeri Niko Uilyamsning katalon klubiga o‘tishida uning jamoa hujumchisi Lamin Yamal bilan do‘stligi ta’sir qilishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Tecno

"Yo‘q. Ularning do‘stligi normal holat. Lekin, "Barselona" do‘stlar klubi emas. Bu erga kelgan odam ishlaydi va g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Agar ular bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lishsa — juda yaxshi. Eng muhimi, Niko bizga nima kerakligini tushunsin va kerakli kayfiyatda bo‘lsin. Agar shunday bo‘lsa, u boshqalar bilan ham do‘stlashib ketadi", — dedi Deku La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq OAV "Barselona" Uilyams uchun "Atletik"ga 58–62 million evro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor ekani haqida xabar bergan edi. Biroq klublar o‘rtasida kelishmovchilik mavjud: Bilbao transfer summasini birdaniga olishni xohlamoqda, "Barselona" esa to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!