"Barselona" sport direktori jamoa himoyasi haqida gapirdi

  • 11.04.2026 13:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" sport direktori Deku jamoaning himoyadagi muammolariga izoh berdi.

"Mudofaadagi muammolar bitta oʻyinchi bilan bogʻliq emas, bu gʻoya masalasidir. Murabbiyimiz pressingga asoslangan oʻta hujumkor oʻyin uslubiga amal qiladi. Bosim kuchayganda, biz himoyada unchalik samarali boʻlmaymiz. Biz maydonda ortimizdan boʻshliq qoldirmoqdamiz",- deya Dekuning soʻzlarini keltirdi "Barca Universal".

Maʼlumot uchun, Flik shogirdlari La Liganing bu turini oz uyida "Espanol"ga qarshi oʻtkazadi. Bu jamoalar oʻrtasidagi bellashuv 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!