
"Barselona" Suaresga "Milan"dan o‘rinbosar topdi
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontek "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 24 yoshli polshalik futbochini 32 yoshli urugvaylik hujumchi Luis Suaresga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Pyontek joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi. Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar