“Barselona” super transferni e’lon qiladi

  • 4 sentabr, 2020, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman “Barselona” rahbariyatini o‘zi istagan hujumchini olib kelishga ko‘ndirdi. Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay  tez orada kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolaydi va transfer rasman e’lon qilinadi.

Depayning hozirgi jamoasi “Lion” bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanishi bois uning transferini amalga oshirish kataloniyaliklardan o‘ta katta xarajatni talab qilmaydi. Hozircha, uning narxi 40 million evro atrofida baholanmoqda.

Depay Frantsiya chempionatining yangi mavsumini xet-trik bilan boshladi. Hujumchi ayni paytda Millatlar ligasi turniridan qatnashish uchun Niderlandiya terma jamoasi qarorgohida bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!