"Barselona" titul homiy bilan shartnomani uzaytirdi
"Barselona" rasmiy matbuot xizmati klub titul homiyi bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar bermoqda.
Endi ispan klubi va Rakuten kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan kelishuv 2021/22 mavsum so‘nggigacha amal qiladi. Ma’lumot o‘rnida, tomonlar 2017 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Yapon kompaniyasi reklama shartlari uchun "ko‘k anor ranglilar"ga har yili 55 million evro to‘laydi.

Fikrlar