«Barselona» uchun yangi hujumchi bo‘yicha Flikning pozitsiyasi ma’lum qilindi

  • 26.08.2026 15:13
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Khansi Flik jamoaga yangi hujumchi olish masalasida o‘z pozitsiyasini aniq belgilab oldi.

 

Jurnalist Jerar Romeronning ma’lum qilishicha, Flik kataloniyaliklar tarkibida faqat Xulian Al’varesni ko‘rishni istayapti. Unga boshqa hujumchilar kerak emas. Hatto «Atletiko» bilan hujumchi bo‘yicha kelishuv amalga oshmay qolsa ham, Flik boshqa nomzodlarni qidirish niyatida emas.

 

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «Atletiko» rahbariyati printsipial ravishda Al’varesni «Barselona»ga qo‘yib yuborishni istamayapti. Madrid klubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibini kuchaytirishga rozi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!