“Barselona”: Undan qutilmasak bo‘lmaydi!

  • 20 sentabr, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti bilan suhbatlashganidan keyin bosh murabbiy Ronald Kumandan bu futbolchiga ko‘proq imkon berishni so‘ragan edi.

Kuman ham anoyi emas. Tayyor bo‘lmagan futbolchiga hali ishonch bildirgani yo‘q. Amalda Umtiti uchun vaziyat yanada og‘irlashdi.

Klub mutasaddilari frantsiyalik himoyachi bilan yanvarda xayrlashishga tayyor. Agar o‘yinchi o‘ziga yangi jamoa topolmasa, amaldagi shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi. Rahbariyatning qarori qat’iy, bu gal Umtitini Laporta ham olib qololmaydi.

Samyuelning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning transferi 8 million evroga baholanmoqda. Yozda unga bir necha klubdan taklif bo‘lgandi. Biroq, 27 yoshli futbolchi Kataloniyadan ketishdan bosh tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!