"Barselona" ustozi "Arsenal" qiziqayotgan darvozabonni qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman braziliyalik posbon Netoni mavsum oxirigacha tarkibda saqlab qolinishini ma’lum qildi.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli posbonga “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.
“Chindan ham uning agenti klubdan mijozini qo‘yib yuborishni so‘radi, ammo biz rad etdik, chunki u biz uchun muhim darvozabon. Biz har qanday holatda ham juda yaxshi tarkibga ega bo‘lishni xohlaymiz”, - dedi gollandiyalik mutaxassis.
Neto joriy mavsum La Ligada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 2 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar