
“Barselona” va “Manchester Yunayted” katta ishga qo‘l urmoqchi
Ispaniya va Angliya grandlari o‘yinchi almashish orqali tarkibdagi muammolarni bartaraf etmoqchi.
Manchesterliklar bosh murabbiy Erik ten Xag bilan urishib qolgan va ustozidan uzr so‘rashdan bosh tortayotgan Jeydon Sanchodan tezroq qutilmoqchi. “Barselona” angliyalik hujumkor futbolchiga anchadan beri qiziqish bildiryapti.
O‘z navbatida, kataloniyaliklar Xavi Ernandes qo‘llayotgan sxemalarga mos tushmayotgan Rafinyani jamoadan kezkazmoqchi.
Har ikki klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida mana shu o‘yinchilarni o‘zaro alishtirmoqchi ekani aytilyapti.
Fikrlar