"Barselona" va "Real" kelasi mavsum EChLda ishtirok etadimi?

  • 16 iyun, 2021, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Real" klublari yangi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok eta oladi. Bu haqda El Partizado de COPE nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispan grandlari UEFA tomonidan tegishli ruxsatnomalarni olgan. Oldinroq Evropa rasmiylari "Yuventus"ga Chempionlar ligasida qatnashishga ruxsat berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Superligadan chiqishni rad etgani uchun "Barcelona", "Real" va "Yuventus"ni ikki yilga evrokuboklardan diskvalifikatsiya qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, Shveytsariya Adliya vazirligi UEFA tomonidan klublarga nisbatan bunday sanktsiyalar qo‘llanilishini taqiqladi.

O‘tgan mavsum “Real” La Ligada 2-o‘rinni, “Barselona” esa 3-o‘rinni egallagan edi. “Yuventus” Italiya chempionatida arang 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!