"Barselona" Villianni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘radi

  • 13 aprel, 2019, 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Chelsi" vingeri Villianni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘radi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan va uni uzaytirishni istamayotganidan foydalanib Villianni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Aynan mana shu omillar 30 yoshli braziliyalik futbolchining transfer narxi keskin pastlashiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘tgan yilning yozida ham Villianni sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Biroq, londonliklar o‘shanda kataloniyaliklarning 65 mln evrolik taklifini rad etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!