«Barselona» Xoland uchun katta taklif tayyorlamoqda
Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Xoland hali ham «Barselona»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati 2027 yilda forvard uchun yirik taklif tayyorlashi mumkin. Hozircha 26 yoshli futbolchining transfer bahosi taxminan 220 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi esa 2034 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Angliya premyer-ligasida Xoland to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga to‘rtta gol urdi. O‘tgan mavsumda esa u "shaharliklar" tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida mavsumni yakunlagandi.

Fikrlar