
"Barselona" Xorvatiya himoyachisiga qiziqmoqda
"Barselona" Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Yuranovich xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
"Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, qishki transfer vaqtida "Seltik"ning o‘ng qanot futbolchisi kataloniyaliklarning asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Shotlandiya klubi Yosipni saqlab qolish borasida ish olib boryapti.
Ma’lumot uchun, Yuranovichning "Seltik" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar