"Barselona" Yamalni nazoratga oladi

  • 28 oktabr, 11:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda barcha "el-klasiko"larni yutgan "Barselona"ga so‘nggi o‘yindagi mag‘lubiyat jiddiy ta’sir qildi. Bu erda gap maydon tashqarisida sodir bo‘lgan voqealardadir. Lamin Yamalning uchrashuv avvalidan bildirgan fikrlari "Real" futbolchilariga qo‘shimcha motivatsiya bo‘ldi va ular bahsga doimgidan ham jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rishdi. O‘sha kuni Flik shogirdlari o‘yin tomonlama ham taslim bo‘lishdi. Rahbariyat endi bu masala bo‘yicha ayrim ishlarni amalga oshirmoqchi. 

Tecno

Real Madrid CF v FC Barcelona - LaLiga EA Sports

Birinchi navbatda klub Laminning to‘liq tiklanishini kutadi. U Ispaniya terma jamoasi safida belidan jarohat olgandi. Rahbariyat vingerni o‘tgan mavsumgi sport formasini qaytarishni xohlaydi. 17 yoshli Yamal ko‘plab o‘yinlarda hal qiluvchi futbolchilardan biri bo‘la olgan. Buni klub qadrlaydi va shu sababli ham unga 10-raqam berilgan. 

"El-klasiko" oldidan bildirilgan fikrlar "Barsa"ga ham yoqmagan. Endi futbolchining agenti Xorxe Mendesh bilan birgalikda Yamalning omma oldida aytadigan gaplari nazoratga olinadi. Shuningdek, shaxsiy hayotini bu qadar ochiqlamaslikka harakat qilinadi. 

Fotosurat taʼrifi yoʻq.

Klubdagi ayrim shaxslar bu narsalar ataylab uyushtirilganiga ham ishonishadi. Sababi, o‘sha chiqishda "Real" muxlisi bo‘lgan Ibai provakatsion savollar berishga harakat qilgan. Uchrashuvdan keyin strimer aybni o‘z bo‘yniga oldi va kechirim so‘radi: "Santyago Bernabeu"dagi urushga sababchi bo‘ldim. Javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Podkastni tashkil qilgan men edim. Bunga politsiya ham aralashdi. Boshqa bunday qilmayman". 

Ma’lumot uchun, o‘sha podkastda Ibai Laminga Seningcha, "Real" chitermi (qoidabuzar, g‘irrom qiladigan), ya’ni hakamlar yordamida natijalarga erigadigan jamoami, deb so‘radi va Yamal ha, deya javob qaytardi. O‘yindan keyin Frenki de Yong bu holatga shunday izoh berdi: "O‘sha gaplarni Laminning o‘zi aytdimi, og‘zidan eshitdingizmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri unday, demadi".

Real Madrid CF v FC Barcelona - LaLiga EA Sports

Ushbu o‘yindan keyin Dani Karvaxal bilan nafaqat Yamalning balki boshqa ispaniyaliklar futbolchilarning ham orasi buzilganga o‘xshamoqda. Lamindan keyin Pedri va Jerard Martin instagramda Daniga obunani qaytarib olgan.

"Barselona" ushbu mavsum faqatgina "Real"ga mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa bundan oldin PSJga ham engilgan edi, shuningdek, "Sevilya"dan "tarsaki". Jarohatlar zaxiraning "tor"ayishiga olib keldi. Ammo bu yoshlar uchun imkoniyat hamdir...

Rasm

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!