"Barselona" yana Pogbani sotib olish haqida o‘ylay boshladi

  • 11.05.2019 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yana "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olish haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” frantsiyalik jahon chempionini yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda “Barsa” vakillari allaqachon ushbu transfer masalasida MYu bilan bog‘lanishgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Pogbani qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida “Real” Madrid favorit deya e’tirof etilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta assistga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!