"Barselona" yangi futbolchi sotib olmaydi

  • 25 yanvar, 00:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" rahbariyati qishki transferlar oynasida jamoaga yangi futbolchilarni olib kelmaslikka qaror qildi.

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "Barselona"ning moliyaviy muammolari sababli, sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yosh o‘yinchilar bilan shartnomalarni uzaytirishga e’tibor qaratishni kelishib olgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda uzoq muddatli shartnomalar ustida faol ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" Arauxo va Martin bilan shartnomalarni uzaytirgan edi. Keyingi futbolchilar Gavi, Pedri va Lamin Yamal bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Ko‘k-anorranglilar" La Liganing 20 turidan so‘ng 39 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!