“Barselona” “yangi Saloh”ni oʻz safiga qoʻshib olish arafasida

  • 30.01.2026 07:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misrning "Al-Ahli" klubi hujumchisi Hamza Abdulkarim tez orada rasmiy "Barselona" safini toʻldiradi.

Transfer haqidagi maʼlumotlar oʻtgan hafta paydo boʻlgan edi, endi bitim haqida taniqli insayder Fabrizio Romano "here we go" bilan maʼlum qildi. "Barselona" 18 yoshli futbolchining barcha ijara shartlarini kelishib olgan, shuningdek, shartnomada uni sotib olish imkoniyati ham bor. Dastlab yosh iqtidorli misrlik vinger "koʻk-anorranglilar" dublida tajriba orttiradi. Hujumchi shanba kuniyoq tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Barselonaga uchib ketishi kutilmoqda.

Avvalroq paydo boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, Kataloniya grandi Abdulkarimni 3 mln yevroga sotib olishi mumkin, yana 5 mln "Al-Ahli" bonuslar koʻrinishida ishlab olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!