“Barselona” yangi yulduzni ko‘zladi

  • 15 iyul, 2021, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtia “Tottenxem” sharafini himoya qilayotgan argentinalik yarim himoyachi Jovanni Lo Chelsoni Kataloniyaga olib kelmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan, ushbu futbolchini sotib oladi. Aslida Ronald Kuman hamyurti Jorjino Veynaldumni olmoqchi edi. Lekin niderlandiyalik futbolchi PSJ taklifini qabul qildi. Shu bois, niderlandiyalik murabbiy maydon markazini kuchaytirishga qodir bo‘lgan Jovannini nima qilib bo‘lsa ham jamoaga olib kelmoqchi.

Jovanni Lo Chelso o‘tgan mavsumda “Tottenxem” tarkibida 28 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transferi 27 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!