"Barselona" yanvarda Koutinoni sotadi!

  • 18.12.2020 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karles Tuskets 24 yanvargacha Filippe Koutinoni sotib yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda ARA nashri xabar tarqatmoqda.

Braziliyalik futbolchining sotib yuborilishiga asosiy sabab uning katta maosh olishidadir. Kataloniya super klubi ayni damda moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda va Koutinoning sotib yuborilishi maoshlarga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Filippe Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!