"Barselona" yozda "Borussiya"ning "yulduzchasi"ni olib qo‘ymoqchi!
Dortmundning “Borussiya” klubida o‘ynayotgan umidli hujumchi Yusuf Mukoko faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Fichajes nashrining yozishicha, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga “Barselona” jiddiy qiziqmoqda.
Moliyaviy muammolarga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini yangilamoqchi.
Mukokoning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 30 million evroga baholanmoqda.
Mukoko Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar