
"Barselona" yozda boshqa transfer amalga oshirmasligi mumkin. Sabab?
Marselo Brozovich "Barselona"ga o‘tmaydi.
Kataloniya klubi "Inter" yarim himoyachisi uchun taklif bilan chiqmaydi, deya xabar beradi "Diario Sport". Moliyaviy cheklovlar tufayli "ko‘k-anorranglilar" bu kelishuvni amalga oshira olmaydi.
Qayd etilishicha, Ilkay Gyundogan va Inigo Martines bilan shartnoma imzolangach, "Barselona"ning yozgi transfer kompaniyasi yakuniga etgan. Agar klub o‘tgan mavsumni boshqa klublarda ijara asosida o‘tkazgan futbolchilarni sota olsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq, Brozovich Saudiya Arabistonidan "An-Nasr"ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar