
“Barselona” yozda “Real”da o‘ynagan yulduzni olib keladi
“Barselona” yozgi transferlar davrida jamoaga olib kelinadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga Anxel di Mariyani ham qo‘shdi.
Argentinalik yulduz bir necha yil muqaddam kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi – “Real” sharafini himoya qilgan edi.
Ayni paytda Anxel di Mariya “Yuventus”da to‘p tepmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar moliyaviy muammolar tufayli tajribali o‘yinchiga yangi shartnoma taklif qila olmaydi.
Di Mariya yozda Kataloniyaga erkin agent sifatida olib kelinishi kutilmoqda.
35 yoshli hujumkor futbolchi joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar