"Barselona" yulduz futbolchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

  • 5 avgust, 15:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning qanot himoyachisi Jyul Kunde tez orada klub bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bunday ma’lumotlar bilan taniqli insayder Fabritsio Romano bo‘lishdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, barcha huquqshunoslar bitimni ma’qullagan, faqat ba’zi rasmiyatchiliklarni hal qilish qolgan. Shundan so‘ng, Kunde 2030 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolaydi.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli frantsuz barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kunde 65 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!